Hojiakbar Haydarov - Otamga

Hojiakbar Haydarov - Otamga

160
0
30

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hojiakbar Haydarov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojiakbar Haydarov - Otamga:

Davlating borida, avjing zo‘rida,
Yo‘qlab kelar hatto begonalar ham, begonalar ham…

Otam, sizdek zotdan meros nolaman,
Ota, doim sizdan ilhom olaman! (x2)
Ruhingiz shod bo‘lsin, otajonim-ey,
Men sizga munosib farzand bo‘laman,
Otamga munosib farzand bo‘laman!

Xalqimiz tan olgan xizmatlar bilan,
Qo‘shiqlar kuylabsiz ziynatlar bilan. (x2)
Ham g‘urur, ham cheksiz hurmatlar bilan,
Men sizga munosib farzand bo‘laman,
Otamga munosib farzand bo‘laman!

Kamtarlikni, ota, o‘rgandim sizdan,
Izingiz to‘tiyo, nur yog‘ar yuzdan. (x2)
Mangu o‘chmas ijod, kuy qalbimizdan,
Men sizga munosib farzand bo‘laman,
Otamga munosib farzand bo‘laman!

Jaranglar sozingiz bu kun qo‘limda,
Sodiq muhlislaringiz o‘ng-u so‘limda, (x2)
Erka o‘g‘lingizdan rozi bo‘ling-da,
Men sizga munosib farzand bo‘laman,
Otamga munosib farzand bo‘laman!

Men sizga munosib farzand bo‘laman,
Otamga munosib farzand bo‘laman!

Davlating borida, avjing zo‘rida…

Читать далее Скрыть описание
Еще