Hojiakbar Haydarov - Tanovor

Hojiakbar Haydarov - Tanovor

1350
2
195
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hojiakbar Haydarov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojiakbar Haydarov - Tanovor:

Dilbar qo‘lida sozi,
Har nolasida nozi,
Noz uzra ishq rozi,
Ko‘zi xumor ko‘ylar,
Chertib dutor ko‘ylar.

Kuy jilvadan o‘ziday,
Ohanglari so‘zida,
Ko’zlarda yo’l iziday,
Yoriga zor ko‘ylar,
Ko’zi xumor ko‘ylar!

Atlas libosi gulgun,
Ham qoshiyosi gulgul, (x2)
Nozu adosi gulgul,
Mastonavor ko‘ylar,
Ko’zi xumor ko‘ylar.

Ohangi dilga monand,
Jon pardasiga payvand,(2×)
U borini etib band,
Mastonavor ko‘ylar,
Chertib dutor ko‘ylar.

Baxtin etib tarona,
Kuylaydi yona-yona,
Shu dilrabo zamona,
Yahyoga yor ko‘ylar,
Ko’zi xumor ko‘ylar. (2×)

Читать далее Скрыть описание
Еще