Hojiakbar Haydarov - Tango

Hojiakbar Haydarov - Tango

594
0
147
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hojiakbar Haydarov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojiakbar Haydarov - Tango:

Orzu va armon aro,
Quvonch va hijron aro,
Yer bilan osmon aro,
Narvon muhabbat!

Dardsizga darddan xabar,
Xastaga shifo qadar,
Oshiq dilga muattar,
Darmon muhabbat!

Dilga orom farog’at,
Chekinadi razolat,
Qalblar qilar itoat,
Farmon muhabbat(2×)

Unutilmas zanglamas,
Yuraksizlar anglamas,
Til millatni tanlamas,
Karvon muhabbat!

Har lahzada ishq sohir,
Dardmi shunchalik og’ir,
Yengilsang qilar oxir,
Vayron muhabbat!

Farhod kirgan yo’ldir u,
Majnun ko’rgan cho’ldir u,
Daryodir u ko’ldir u,
Ummon muhabbat (2×)

Samoning sur ertagi,
Ajib jumboq yerdagi,
Peshona taqdirdagi,
Armon muhabbat

Dilga orom farog’at,
Chekinadi razolat,
Qalblar qilar itoat,
Farmon muhabbat! (2×)

Читать далее Скрыть описание
Еще