Hojiakbar Haydarov - Inson

Hojiakbar Haydarov - Inson

723
0
140
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hojiakbar Haydarov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojiakbar Haydarov - Inson:

Hamisha bahorday gullaganlar bor,
Har ishda tulkiday tullaganlar bor,
Bebaho hislat vijdon nomusni,
Arzimas narsaga pullaganlar bor!

Mavjudot ichida eng yoshi inson,
Olamning mash‘ali quyoshi inson. (2×)
Ko’hna tabiat kenjatoyi ham,
Go’zallik baxshi naqqoshi inson.

Ba’zi odamlarga ko’p arzandaman,
Ba’zilar o’ngida naqt gazandaman. (2×)
Kimga qanday kuy yoqar, qaydan bilay bilay,
Men ham o’z holimga bir sozandaman!

Haaa. Haaa. Haaa. Haaa

Tinimsiz chiq-chiqlab turarkan soat,
Eslatar yaqin deb baxt va saodat.
Vaqtning kelishi yaxshiku ammo,
Ketishi qalbimga solar jarohat!

Hamisha bahorday gullaganlar bor,
Har ishda tulkiday tullaganlar bor.
Bebaho hislat vijdon nomusni,
Arzimas narsaga pullaganlar bor!

Читать далее Скрыть описание
Еще