Suluvlardan suluv bir qiz sochin silar,
Mening esa ko‘zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg‘onchilar,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go‘zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go‘zal.
Qancha go‘zal bo‘lsa, aldar shuncha go‘zal,
O‘, yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
Kimni suysam, suyganidan kuygan ko‘nglim,
Ko‘z o‘ngimda bo‘laqolsin tilim-tilim.
Qaro bolsin muhabbatsiz o‘tgan kunim,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go‘zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go‘zal.
Qancha go‘zal bolsa, aldar shuncha go‘zal,
O‘, yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman…