Jasurbek Mavlonov - Dunyo ekan
Jasurbek Mavlonov - Dunyo ekan

Jasurbek Mavlonov - Dunyo ekan

438
0
2007

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Dunyo ekan:

Sevgi ilk bor tushdiyu qalbga,
Hayotimning bo’ldi mazmuni,
U qo’limga tutqazib qalam
Ko’zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikru hayolim,
Ketdi dildan orom xalovat,
Sevgi butun borimni olib
She’r zavqini qoldirdi faqat.

Dunyo ekan ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda,
Kimni etmas bu ko’ngil shaydo
Kim she’r yozmas mening yoshimda.

Borliq olam ko’zimga mening,
Go’zallikka to’lib ko’rindi,
Gullar menga oshiq bulbulning,
She’r daftari bo’lib ko’rindi.
Oldi butun fikru hayolim,
Ketdi dildan orom xalovat,
Sevgi butun borimni olib
She’r zavqini qoldirdi faqat.

Dunyo ekan ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda,
Kimni etmas bu ko’ngil shaydo
Kim she’r yozmas mening yoshimda.

Читать далее Скрыть описание
Еще