Bo‘ldi bas, ketdi yosh umrim hazon,
Shuncha-shuncha kungachon.
Yolg‘on dunyo yolg‘onlari bosib ketdi har tomon.
Bo‘ldi bas, sen emas, ko‘ksimdagi bu nafas.
Yaxshilikcha hozir xayr, hozir ham oson emas!
To‘yib ketdim yolg‘onlaridan, buni baridan
Foyda yo‘q, do‘st bo‘lishni ham, iloji yo‘q!
Yaralab, yana nima xohlaysan, yetisholmaysan?
So‘zlaring o‘q kabi teshib tashlagan qalbim ko‘p!
Yaralab-yaralab dillar, dillar pora,
Endi birga bo‘lmaymiz bo‘lma ovvora.
Qoralab-qoralab yurma, yurma yana,
Unga bunga yo‘q aybim qilma havola!
Sendagi husn-u malohat, boshga bitgan malomat,
Bor omad, baxtli bo‘lgan, kimla qolsang to abad.
Mendagi telbalik mehrni qadrli qilmadik,
Bilmadik, oh, ko‘rmadik, bizlar to‘yib bo‘lgandik.