Yolgʻoningga koʻzim yumib sevaveraman,
Aldansamda yoʻqotishdan qoʻrqaman seni.
Dardlarimni ichga yutib yuraveraman,
Sevmasang ham mayli aldama meni.
Toʻydi yurak sevilmasdan sevaverib,
Bitdi bardosh yoʻlingni zor kutaverib
Bilinmadi, men borligim bilinmadi,
Charchadi dil, faqat alam yutaverib.
Daydi — daydi…
Xayollarim telba, yuragim daydi daydi
U sen tomonga tinmay undaydi
Mayli mayli…
Sevmasang, seva olmasang ham mayli, mayli.
Bugun yurak yolgʻonlardan yonib ketdi,
Yonib — yonib zulmatlarda qolib ketdi.
Bevafo yor yuragimga oʻtlar yoqib,
Yuragini oʻzi bilan olib ketdi.
Toʻydi yurak sevilmasdan sevaverib,
Bitdi bardosh yoʻlingni zor kutaverib.
Bilinmadi men borligim, bilinmadi,
Charchadi dil faqat alam yutaverib.
Daydi — daydi…
Xayollarim, telba yuragim — daydi daydi!
U sen tomonga tinmay undaydi.
Mayli mayli
Sevmasang, seva olmasang ham mayli, mayli…(2)