Qalbimda azob, ko‘zlarimda bor soxta kulgu,
Sen esa dardlarimni sezmasang kerak mangu.
Sevib qildimmi xato, og‘rinar ko‘ngil, ammo
Sen esa og‘rinmaysan, nega sen sog‘inmaysan.
To‘kilib bormoqdaman, muzlayapman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi yurak so‘lar guldayin.
Topa olmayin imkon, og‘rinar dilim yomon,
Sen esa og‘rinmaysan, nega sen sog‘inmaysan?!
Hamon-hamon, hamon, sog‘inaman seni seni,
Hali-hali hamon, yuragimni sog‘inch dardi,
Qiynar yomon-yomon, sensiz yashash jonim ishon,
Gumon-gumon, gumon…Sog‘inch yomon-yomon!
Esingdami, so‘zlashardik yulduzlar bilan?!
Boqarding sevgi to‘la mehrli ko‘zlar bilan.
Sog‘inar hamon ko‘ngil, eslab og‘rinadi dil,
Sen esa og‘rinmaysan, nega sen sog‘inmaysan?!
To‘kilib bormoqdaman, muzlayapman kun sayin,
Sovuqda qolib ketdi yurak so‘lar guldayin.
Topa olmayin imkon, og‘rinar dilim yomon,
Sen esa og‘rinmaysan, nega sen sog‘inmaysan?!
Hamon-hamon, hamon, sog‘inaman seni seni,
Hali-hali hamon, yuragimni sog‘inch dardi,
Qiynar yomon-yomon, sensiz yashash jonim ishon,
Gumon-gumon, gumon…Sog‘inch yomon-yomon! (2)