O’g’ir kunda yoningda, quvonchu shodligingda,
Ham boru, ham yo’g’ingda, bir do’sting bo’lsin ekan.
Kelganda kulfat balo, qo’llagaydir doimo
Shunday aziz bebaho, bir do’sting bo’lsin ekan.
Bir do’sting bo’lsin ekan, Bir do’sting bo’lsin ekan,
Molingamas joninga do’st bo’lib tursin ekan.
Bir do’sting bo’lsin ekan, Chin do’sting bo’lsin ekan,
Boylikkamas boringa do’st bo’lib tursin ekan.
Sen tomon bo’lib har on, yuz o’girmay hech qachon,
Ko’ksini qilib qalqon, bir do’sting bo’lsin ekan.
Olis ketsang kutguvchi, seni deb qayg’uruvchi,
Dardingni tinglaguvchi, bir do’sting bo’lsin ekan.
Bir do’sting bo’lsin ekan, Bir do’sting bo’lsin ekan,
Molingamas joninga do’st bo’lib tursin ekan.
Bir do’sting bo’lsin ekan, Chin do’sting bo’lsin ekan,
Boylikkamas boringa do’st bo’lib tursin ekan.