Mana man telba majnuningman,
Qora ko‘zlaring xumoriman.
Sensiz yuragimda to‘la qayg‘u,
Tunlari ko‘zimga kelmas uyqu.
Termulaman seni yo‘lingga,
Qaytarmu deb meni yonimga,
Bo‘lgin dardlarimga sen davo,
Sensiz bu tanamga yetmas havo.
Qo‘llarimda seni surating,
Qara qanchalar sog‘intirding,
Qani bo‘lsayding yonimda,
To‘yib olsaydim ko‘zlaringga.
Ko‘zlari qora-qora,
Yuragim tilka pora.
Etmagin bir bor qara,
Meni holimga.(2x)
Ay, oramizda shuncha masofa,
Sen yurasan mendan yiroqda,
Sen ham sog‘inasanmi meni?
Yuragim senga talpinmoqda.
Qo‘shiq aytdim sen uchun bugun,
Hayolimdan ketmaysan tun-u kun.
Uzoqdan bo‘lsa ham seni ko‘rgim kelar,
Seni ko‘rsam yuragim ovunar.
Ko‘zlari qora-qora,
Yuragim tilka pora.
Etmagin bir bor qara,
Meni holimga.(2x)
Sog‘indim seni hislaringni,
Sog‘indim shirin ovozingni
Sog‘indim qora ko‘zlaringni,
Beg‘ubor tabassumingni.
Ko‘zlari qora-qora,
Yuragim tilka pora.
Etmagin bir bor qara,
Meni holimga.