O’lmayman o’lganingda bilarding,
Yuragimni ochib bersam bilarding.
Buzib ketting hayotimni seni meni,
Sendan avval hayotim yaxshi edi.
Yuraging sog’inganda,
Ko’zlaring izlaganda.
Borgin o’sha tomonlarga,
Meni alishgan kimsalarga.
Yuragim sog’inganda,
Ko’zlarim izlaganda.
Bilmading qadrimni bilmading,
Hammasi yaxshi edi.
Ammo o’zgardi,
O’sha baxtsiz yoki baxtli kunimdan beri.
San qo’ng’iroq qilding yana baxonalaring,
Dugonamni tug’ilgan kuni.
Yana boraman deding,
Bilmadim negadir sanga ruhsat berdim.
Bilmadim negadir yo’q deya olmadim,
Lekin o’zgarding san o’sha kundan keyin.
Kelisha olmasdik tushunish bo’ldi qiyin,
Qo’ng’iroq qilardim doim bo’lardi band.
Chaqirgan holda ham nol ahamiyat,
Yoki bazida dugonalaring javob bergan.
Xullas sani sog’ingandim sog’inib ketgandim,
Bordim uying tomon.
Bordim sani ko’rgani,
Ketayotib o’zimga savol nega u birdan o’zgardi?
O’yladim qayerda xatolar qildim.
Shu payt sani o’zga bilan ko’rdim,
Ishongim kelmasdi lekin bu fakt.
Yana qanaqadir oramizdagi vaqt.
Manga qiziq emas kim edi yoningda,
Qiziqtirgani faqat suzilib ko’zlaring ko’zida.
O, o’zini layli va majnun,
Man esa kimman?
Oddiymanku san uchun.
Yaqinlashma bo’ldi yonimga,
Qara ahvolingni yig’lama.
O’chir ovozingni jim tur birpast,
Asabim o’zimdamas bu xiyonatingda mast.
Albat chalkashib kettim o’zim,
Nima bu jazomi yoki qasd.
Qanaqa smslar nimalarni yozganingni,
O’zing ham ishonmaysan boshimni og’ritma.
Bo’ldi shu oxirgisi davay ko’zimga ko’rinma,
Mana shu sovg’alar.
Mana bu rasmlar,
Menga qaytib qo’ng’iroq qilishni,
Qaytib niyat ham qilma.
Sangacha hayotim yaxshi edi.
Tanishgunimcha hayotim yaxshi edi.
So’ngra ko’rdim yolg’onlaru xiyonating,
Bugun hatto afsusdasan o’zing.
Yuraging sog’inganda,
Ko’zlaring izlaganda.
Borgin o’sha tomonlarga,
Meni alishgan kimsalarga.
Yuragim sog’inganda,
Ko’zlarim izlaganda.
Bilmading qadrimni bilmading.