Bexruzbek Soliyev - San’atkorlar
Bexruzbek Soliyev - San’atkorlar

Bexruzbek Soliyev - San’atkorlar

671
0
202
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Bexruzbek Soliyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Bexruzbek Soliyev - San’atkorlar:

Biri vatandoshlarni so‘kib, to‘ymaydi,
Yana biri “akaxonlarim” deb qo‘ymaydi.
Yana biri yerga yotib o‘ynaydi,
Ular san‘atkorlar emas, tadbirkorlar.

Shou-biznesda, ijod emas, biznes qilar,
Yotvolib yosh xonandalar ustidan kular.
Qilar ishni qilib keyin uzr so‘rar,
Ular san‘atkorlar emas, tadbirkorlar.

“Vapshe malades” degan qo‘shiq aytar,
“Bagira” deb kiyim yechsa, ko‘ngil qaytar,
Ollohim bu gunohlardan o‘zing qaytar,
Bu so‘zlarim piar emas, dildagi baytlar.

Qo‘shiq buzar, she‘r o‘g‘irlab, bahona tayyor,
Qo‘shig‘ini eshitmaganman deydi bu ayyor.
O‘zing ijod qilolmasangey birodar,
Salom-salom aytgin yo bo‘lmasa yor-yor.

San‘at degani bu- Muhabbat degani,
Xalqni dardi bilan yashamoq degani,
Ijodlari shumi, qo‘ldan kelgani,
Ular san‘atkorlar emas, tadbirkorlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще