Bexruzbek Soliyev - Otasini sog’ingan otam
Bexruzbek Soliyev - Otasini sog’ingan otam

Bexruzbek Soliyev - Otasini sog’ingan otam

59
0
74

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Bexruzbek Soliyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Bexruzbek Soliyev - Otasini sog’ingan otam:

Dunyoni g’animat debdi kim?
Bu dunyoda g’animat odam.
Goh-gohida yig’lab olar jim,
Otasini sog’ingan otam.
Goh-gohida yig’lab olar jim,
Otasini sog’ingan otam.

Yulduzdan qizg’onar osmonini,
Otadan ayrilish osonmi?
Quchoqlar eski choponini,
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.

Yuragini sog’inchi ezar,
O’sha o’tgan kunlarin eslar.
Yuragini sog’inchi ezar,
O’sha o’tgan kunlarin eslar.
Otasini o’g’lidan izlar.
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.

Tegirmonga tushib yanchilmas,
Sochidagi oqqa achinmas,
Xudodan bu uchun ranjimas,
Otasini sog’ingan otam.

Olib qochar mendan ko’zini,
Suratiga bosib yuzini,
Hofiz qildi mendek o’g’ilni,
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.

Читать далее Скрыть описание
Еще