Bexruzbek Soliyev - O’zbekman
Bexruzbek Soliyev - O’zbekman

Bexruzbek Soliyev - O’zbekman

27
0
27

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Bexruzbek Soliyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Bexruzbek Soliyev - O’zbekman:

G’urur bilan oqadi qonim,
«Vatan» , deya chiqqan zabonim,
Eshitaman mallasoch xonim,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

Ko’rgiligi kammas yo’lida,
Alami bor ko’mgan dilida,
Aytarim bor, men-la tilida,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

O janoblar, uyqusiramang,
Mudrab, esnab iyak tirgamang,
Qosh chimirib, lablarni burmang,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

Tarix deya sayramoqdasiz,
Kimlarnidir avramoqdasiz,
Qaysi tilda so’zlamoqdasiz?
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

Laganbardon, soxta maddohlar,
Dilingizdan to’kilar ohlar,
O’zligini sotgan gumrohlar,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

O’z tilim deb kurasholmasam,
Otib tashlang mardmasman, qasam,
Yurt dardida o’laman o’lsam,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

G’urur bilan oqadi qonim,
«Vatan» , deya chiqqan zabonim,
Eshitaman mallasoch xonim,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

Ko’rgiligi kammas yo’lida,
Alami bor ko’mgan dilida,
Aytarim bor, men-la tilida,
Men o’zbekman, o’zbekcha so’zlang.

Читать далее Скрыть описание
Еще