Botir Qodirov - Musofir (concert version)

17765952
65655
Информация о видео:
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Musofir (concert version):

Qoshing qora, ko’zlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, o’zim eslatay –
Bolasisan O’zbekistonning!

Qachon kelding bu yerga o’zi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg’ayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-to’zibsan.

Jilg’alarsiz daryo quriydi,
Daryoyingni qo’yma unutib.
Yur, barini eslaymiz birga,
Aylantiray qo’lingdan tutib.

Yodingdami beshiging, o’g’lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo’liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.

Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog’intirding sen uni buncha?

Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog’inib yig’lab,
Tishlaganin yutolmayapti.

Oxirgi bor qachon eshitding
To’ylardagi yor-yorni, o’yla?
Bor, xayolan, do’stlaring bilan
O’rtaga tush, quloch yoz, o’yna.

Eh, hayit bayramini sog’inib,
Oqizdingku ko’zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang
Arafaning shirin oshini.
Qara, o’sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko’rding, otang kulolmayapti,
Yo’lga qarab, seni axtarar.

Ammang, xolang, amaking, tog’ang
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog’inmading, jon bolam,
Navro’zdagi kamalaklarni?

Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo’lingda dast ko’tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o’zingni kechirolmaysan.

Musofirning qadri bo’lmaydi,
Musofirning qabri bo’lmaydi,
Musofirning musofirlikdan
O’tadigan dardi bo’lmaydi.

Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?

Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo’llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.

Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo’ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O’zbekistonning!

Читать далее Скрыть описание
Еще