Saning o‘zing bir yona,
Manim o‘zim bir yona,
Ishqingda o‘lar bo‘ldim,
Bo‘zladim yona-yona.
Sochim uchi qo’ng’iroq,
Yozilguncha o’ynayman.(2x)
O’n gulimdan besh gulim,
Ochilguncha o’ynayman
Olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, hay,
Olago’z bo’y, bo’y, bo’y.
Taxta-taxta ko’prik.
Taqillatib o’tomaney,(2x)
Ko’ngil bermay yigitchayey,
Laqillatib o’toman.
Olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, hay,
Olago’z bo’y, bo’y
Qoshimni qaro dema,
O’sma qo’yib kelganman.(2x)
Yorimni yomon demang,
O’zim tanlab sevganman.
Olago’z bo’y, bo’y, bo’y,
Qorago’z bo’y, bo’y,
Olago’z gal bari, hay,
O’lago’z bo’y, bo’y.(3x)