Manga atalmagan nahot muhabbat?
Mening aybim nima ayting odamlar?
Balki bu dunyoda ko’pdur beshavqat,
Ko’pdur balki unda nozik sanamlar.
Baxtdan yiroqmidi mening izlarim?
Sevganimdan kulib qildilar judo.
Alamli yoshlarga to’ldi ko’zlarim,
Yuzimda tabassum qalb to’la nido.
Sensiz ketaveraman,
Yo’llarim olis-olis.
Yo’lg’iz qolaverasan,
Armonli ko’z yosh bilan.
Mensiz yonaverasan,
Layli, Majnun cho’llarida,
Sog’inching yo’llarida
Yo’lg’iz qolaverasan.
Sensiz ketaveraman,
Yo’llarim olis-olis.
Yo’lg’iz qolaverasan,
Armonli ko’z yosh bilan.
Mensiz yonaverasan,
Layli, Majnun cho’llarida,
Sog’inching yo’llarida
Yo’lg’iz qolaverasan.
Oshiqlarga kun yo’q jonim azaldan.
G’amga botma ko’z yosh qilib yig’lama.
Bilsang buni bari yaxshilikkadur,
Men ham jimman sen ham endi indama.
Yig’la yurak, yig’la qonlaring sochib,
Dardlaringni olmas ekan bu dunyo.
Armonlarga endi quchog’in ochib,
Ne baloga solmas ekan bu dunyo.
Sensiz ketaveraman,
Yo’llarim olis-olis.
Yo’lg’iz qolaverasan,
Armonli ko’z yosh bilan.
Mensiz yonaverasan,
Layli, Majnun cho’llarida,
Sog’inching yo’llarida
Yo’lg’iz qolaverasan.
Sensiz ketaveraman,
Yo’llarim olis-olis.
Yo’lg’iz qolaverasan,
Armonli ko’z yosh bilan.
Mensiz yonaverasan,
Layli, Majnun cho’llarida,
Sog’inching yo’llarida
Yo’lg’iz qolaverasan.
Sensiz ketaveraman,
Yo’llarim olis-olis.
Yo’lg’iz qolaverasan,
Armonli ko’z yosh bilan.
Mensiz yonaverasan,
Layli, Majnun cho’llarida,
Sog’inching yo’llarida
Yo’lg’iz qolaverasan.