O'ktam Nafasov - Onajonim

53192
1364
Информация о видео:
Дата публикации
04.07.2020
Язык
узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
O'ktam Nafasov
Перейти на страницу артиста
Другие клипы O'ktam Nafasov:
Текст: O'ktam Nafasov - Onajonim:

Boshing toshdan bo’lsin deydi sho’rlik onam,
Bilmaydi-da boshim toshdan qattiqligin.
Bilmaydi-da munisginam, soddaginam,
Shu yoshimda ko’ksim to’la chandiqligin.

Yomon ko’zdan asraydi deb taqaverar,
Bo’ylarimga tumorlarni mehribonim.
Hatto qismat asrolmagan o’g’lingizni,
Shu tumorlar asrarmidi, onajonim?

Onajonim, mexribonim,
Quchog’ingiz sog’indim beg’uborim.
Sizga jonim bersam kam,
Boshingiz ko’rmaydi g’am,
Poyingizga ta’zim qilsam,
Jannatim onam.

Men yoshlikning zavqlarini,
Bilmay o’sdim.
Bag’ringizni shuncha erta bo’shattimu?
O’z yuragim chizib bergan yo’ldan yurib,
Sochlaringiz qarosini yo’qotdimmu?

Qurib ketsin ushbu yo’lda topganlarim,
Ko’rganlarim, yig’ganlarim bo’lsin ado,
Bitta so’zning orqasidan chopganlarim,
Bilolmadim, kechirarmu meni xudo?!

Onajonim, mexribonim,
Quchog’ingiz sog’indim beg’uborim.
Sizga jonim bersam kam,
Boshingiz ko’rmaydi g’am,
Poyingizga ta’zim qilsam,
Jannatim onam.

Читать далее Скрыть описание
Еще