Ummon zulmati va yorug‘ yulduzlar,
Yog‘dularin mavjli oqimi – dunyo. (2x)
Faqat u abadiy, faqat u oniy,
Iloh qo‘llari-la bo‘lganmi bunyod? (2x)
Kelish-ketishimiz uning izmida,
Taqdir bitigini anglamoq qiyin.
Idrokimiz ojiz, ilmda yetmas,
U qayerda, qanday yozgan hammasin? (2x)
Har nafasim menga cheksiz inoyat,
Cheksiz shodlik berar har bitta qadam. (2x)
Minnatdorlik ila qabul qilaman,
Hayotning tortig`u zarbasini ham. (2x)
Kelish-ketishimiz uning izmida,
Taqdir bitigini anglamoq qiyin.
Idrokimiz ojiz, ilmda yetmas,
U qayerda, qanday yozgan hammasin? (2x)