Hey, Yurak bo‘ldi ishonma,
Aldamchilar makriga,
Hayotim senga derlar,
So‘zlari yolg‘on savdo.
Tiling bo‘lsa ayt go‘zal yor,
Nedan ko‘ngling to‘lardi?
Kaftimda tutardim,
Aldoqlaring bir dunyo.
Hey, Yurak bo‘ldi ishonma,
Aldamchilar makriga,
Hayotim senga derlar,
So‘zlari yolg‘on savdo.
Tiling bo‘lsa ayt go‘zal yor,
Nedan ko‘ngling to‘lardi?
Kaftimda tutardim,
Aldoqlaring bir dunyo.
Heeey, ilmading, nazaringga ilmading,
Ollohim bergin sabr, baland qadrim egilmasin.
Heeey, ilmading, nazaringga ilmading,
Ollohim bergin sabr, baland qadrim egilmasin.
Qo‘y, o‘z holimga, rahmli bo‘l yo menga,
Mehrim buloq edi, tashna keldi holimga.
Tashna keldi holimga.
Ojiz yurak yig‘lama, oh buncha o‘ylama,
Kelar bir kun haqiqiy, vafoli yor yonimga.
Savdolashmasdan sotdilar, bozorlarga soldilar.
Yozilar bir sahifa, yolg‘onlar kitobiga.
Heeey, ilmading, nazaringga ilmading,
Ollohim bergin sabr, baland qadrim egilmas.
Ilmading, voy ilmading, ko‘zda yoshim bilmading,
Ollohim bergin sabr, baland qadrim egilmas.
Qo‘y, o‘z holimga, rahmli bo‘l yo menga,
Mehrim buloq edi, tashna keldi holimga.
Tashna keldi holimga.
Yiqildim ishq yo‘lida, to‘kildi ko‘zda yoshim,
Sevgimga yetolmay, egildiku bu boshim.