Onezero - Ayrildim gulim
Onezero - Ayrildim gulim

Onezero - Ayrildim gulim

3255
5
620
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Onezero
Перейти на страницу артиста
Текст: Onezero - Ayrildim gulim:

Sog’inib ketdi ko’zlarim,
Uni go’zal vaslini.
Unutib ketdi sevganim,
U edi yarimim.
Kunlarim go’yoki tun,
Qorong’u xonamdaman.
Suratlaring devorda,
Tutinga to’lgan xonam.

Bugun ekanku to’ying,
Menga aytdi o’zgalar.
Seni olib qolmadim,
Sevardimku qanchalar.

Bir og’iz aytganingda,
Chorasin topar edim.
O’ylaganingdan ko’ra,
Baxtliroq qilar edim.

Esingdami bir esla.
Menga aytgan gaplaring.
Meni asraysiz deya,
Yolg’izlikda qoldirding.

Hamma baxt tilab senga,
Oxir meni o’ldirar.
Qanchalik sevishimni,
Ular hech bilmaydilar.

Endi hech kuylamayman.
Ishqingda bedor bo’lib.
Foydasi yo’qligini,
Yuragim bo’ldi bilib.

Sensiz bo’ldimku o’lib,
Davo bo’lmas tabobat.
Nahot endi dardlarim,
Tinglamaydi Malohat.

Ayrildim gulim,
Gulim qoldi qo’llarimda.
Xasta bu umrim,
Yaralandi yo’llaringda.

Mayli baxtli bo’l,
Yoningdagi yor bilan.
Men esa qoldim,
O’tmishdagi yod bilan.

Turasan oq libosda,
Malikalardek go’yo.
Tushimda ko’rgan kunim,
Mana bo’lmoqda ro’yo.

Unda seni o’zgalar,
Qo’llaringdan tutardi.
Ko’zlarimni ochganda,
Seni to’ying bo’lardi.

Eshitilardi ko’changdan,
Alamli yor-yor sado.
Undagi sho’x kulgular,
Meni qilgandi ado.

Seni esa ko’zingdan,
Oqar edi tomchilar.
Yig’lamagin sendagi,
Oldinda baxtli kunlar.

Hali vaqtlar keladi,
To’rt devorni ichida.
Meni eslab so’zlaring,
Qolib ketar ichingda.

Ko’zlaringda yoshlaring,
Bo’ladi lek tommaydi.
To’rt yillik bu sevgimiz,
Senga tinchlik bermaydi.

Sog’inarsan bir kuni,
Lekin yig’lay olmaysan.
Sevasan-u hech kimga,
Buni ayta olmaysan.

Sensiz bo’ldimku o’lib,
Davo bo’lmas tabobat.
Nahot endi dardlarim,
Tinglamaydi Malohat.

Ayrildim gulim,
Gulim qoldi qo’llarimda.
Xasta bu umrim,
Yaralandi yo’llaringda.

Mayli baxtli bo’l,
Yoningdagi yor bilan.
Men esa qoldim,
O’tmishdagi yod bilan.

Читать далее Скрыть описание
Еще