Boburbek Arapbaev - Bevafo (Remix)
Boburbek Arapbaev - Bevafo (Remix)

Boburbek Arapbaev - Bevafo (Remix)

304
0
593

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Boburbek Arapbaev
Перейти на страницу артиста
Текст: Boburbek Arapbaev - Bevafo (Remix):

Azoblab tinchim bermas,
Sen-la o’tgan xotiralar.
Sevgimga nuqta qo’ydi
Har kun topgan bahonalar.
Yuragim sovib borar,
Afsus, endi na choralar.
Oradan vaqtlar o’tib,
Bo’lib qoldik begonalar.

Ko’zlarim yoshlanadi,
O’ylasam men sevganimni.
Ketding sen zor yig’latib,
Ko’rib meni kuyganimni,
Savollar qiynar meni,
Aybim seni sevganimmi?
Sezmay ham qoldim seni
Sevib xato qilganimni.

Bevafo,
Sevgimni asrolmading, bevafo,
Qadrimga yetolmading, bevafo,
So’zlarim anglolmading, bevafo
Bevafo, bevafo.(2x)

Bilaman suratimni
Har kun quchib ovunasan.
Dardlaring ichga yutib,
Nega meni sog’inasan?
Armonli sevgimizni
Yuragingda asrayapsan.
Sen meni seva turib,
O’zga bilan yashayapsan.

O’zga yoningda balki,
Azob seni yoningdadir,
Balki mol-dunyo bilan
Pullar seni aldagandur,
Nahotki birga bo’lish
Bizga nasib qilmagandur,
Beshavqat dunyo bizga
Baxtni ravo ko’rmagandur.

Bevafo,
Sevgimni asrolmading, bevafo,
Qadrimga yetolmading, bevafo,
So’zlarim anglolmading, bevafo
Bevafo, bevafo.(2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще