Mashxurbek Yuldashev - Oshiqlar

Mashxurbek Yuldashev - Oshiqlar

190
0
74

Информация о песне:
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Oshiqlar:

Butun bu olamda oshiqlar davo izlar,
Bedordurlar.
Kaminaga tanish bu holatlar,
Yor ishqida yonishlar,
Zuhro yoki Tohirlar.

Shirindan shirin xayollarga mastdurlar.
Mast-u alastman goh,
Gohida ohlar chekaman yor go’zallikda diydoriga yetmay intizordurlar.
Nolam yetmas goh,
Gohida ohlar chekaman yor go’zallikda.

Habibiyla, ayladi ozor,
Habibiyla, dilimda ohim bor,
Habibiyla, yoningdamano,
Kamina bu dardiga ayla davo.(2x)

Sevgi dillarda yuraklar navo aylar,
Bemordurlar.
Kaminaga tanish bu holatlar,
Yor ishqida yonishlar,
Zuhro yoki Tohirlar.

Shirindan shirin xayollarga mastdurlar.
Mast-u alastman goh,
Gohida ohlar chekaman.
Yor go’zallikda.
Muhabbat og’ushida darbadardurlar,
Nolam yetmas goh,
Goh ohlar chekaman yor go’zallikda.

Habibiyla, ayladi ozor,
Habibiyla, dilimda ohim bor,
Habibiyla, yoningdamano,
Kamina bu dardiga ayla davo.(2x)

O dardim Allohim,
Nolalarim ila yolvoraman.
Jondan kechaman.
Vaslingsiz netaman?
Netaman? (2x)

Habibiyla, ayladi ozor,
Habibiyla dilimda ohim bor,
Habibiyla, yoningdamano,
Kamina bu dardiga ayla davo.

Читать далее Скрыть описание
Еще