Mashxurbek Yuldashev - Onam

Mashxurbek Yuldashev - Onam

196
0
248

Информация о песне:
Год выпуска
2016
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Авторы текстов
Mashxurbek Yuldashev
Композиторы
Mashxurbek Yuldashev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Onam:

Hayotda oz yashab, ko’p azob ko’rdim,
Gohida yiqildim gohida turdim.
Sevgidanam, do’stdanam bir varakay kuydim,
Dedingiz jon bolam saqlama dilda g’am.

Mehrning narxi yo’q do’stlarning soni,
Minnatli bo’larkan o’zganing noni.
Lekin ota — onaga kelmaskan maloli,
Bo’zlab qolma yo’qotgach hidlab ro’molin.

Mehirbonim onam, Beozorim onam,
Beg’uborim onam, Onajonim onam.

Nomarddan ulfat qilib
Boshimga kulfat qilib
Davlat ketganda oldim
Kimga kimligin bilib
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar
Andishasiz yurganda Ortimdan g’iybat qilib

Boshim toshga tekganda
Chekkanimda nadomad
Tangrida ertayu kech so’ragan menga omad onam

Duolaringiz sabab omad quchog’in ochib,
Davr-u davronim keldi yo’qchilik nari qochib.
Aslida siz ekansiz mening baxtu omadim
Quyoshday porlab turing boshimda nurlar sochib onam onam onam onajonim onam.

Ichim to’lib aytdimda gapning xonasin
Bunchalaram mo’rt bo’lar odam bolasi
Eng vahshiy inson ham dod varyod qilib
Yig’larkan hayotdan o’tsa onasi.

Mehrining narxi yo’q do’stlarning soni
Minatli bo’larkan o’zganing noni
Lekin ota — onanga kelmaskan maloli
Bu dunyoda jannatim omon bo’lsin jonim.

Читать далее Скрыть описание
Еще