Mashxurbek Yuldashev - Do’st
Видео:

Mashxurbek Yuldashev - Do’st

128
0
159

Информация о песне:
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Do’st:

Olis hayot yo’llarida hamrohim,
Yaxshi-yomon kunlarimga guvohim,
Dard-u alam, sitamlardan panohim,
Chin do’stimdan ayirmagin, Allohim. (2x)
Allohim…

Osmonlarga uchar bo’lsam qanotim,
Nola qilsam yetarmi senga dodim?
Yalinaman qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang ayirgin, chin do’stimdan ayirma.
Chin do’stimdan ayirma.

Do’stim kelsa koshonadur kulbam ham,
Do’stim bo’lsa yiroq yurar mendan g’am,
Mayli menga bo’lsa hamma dard, alam,
Chin do’stimdan ayirmagin, Allohim.

Tangrim quloq tutgil mening nolamga,
Do’stdan bo’lak kimim ham bor olamda?
Gar jon kerak bo’lsa olgin tanamdan,
Chin do’stimdan ayirmagin, Allohim.
Allohim…

Osmonlarga uchar bo’lsam qanotim,
Nola qilsam yetarmi senga dodim?
Yalinaman qanotimni qayirma,
Jondan ayirsang ayirgin, chin do’stimdan ayirma.
Chin do’stimdan ayirma.
Chin do’stimdan ayirma…

Читать далее Скрыть описание
Еще