Mashxurbek Yuldashev - Aldandimda

Mashxurbek Yuldashev - Aldandimda

1783
3
1208
Информация о песне:
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Aldandimda:

Chiroyingga gap-so’zim yo’q,
Soching uzun daryodan.
Ammo bitta chin so’zing yo’q,
Boring seni ro’yodan.

Ko’rgan ko’zni qamashtirgan,
Yo’llarimdan adashtirgan,

O’zin oy-u malak bilgan,
Go’zal o’tgan dunyoda.(2x)

Sochlaringga boylandimda,
Devonangga aylandimda,
Seni shirin yolg’oningga
Aldandimda, aldandimda.(2x)

Yaxshi edi sensiz qolsam,
Yaxshi bo’ldi ketganing,
Ko’rar ko’zim, ey, bevafo,
Qay manzilga yetganing.

Sochingga oq tushganda,
Yuzingga dog’ tushganda,
Yig’lamagin, afsuslarda
Yodingga men tushganda.

Sochlaringga boylandimda,
Devonangga aylandimda,
Seni shirin yolg’oningga
Aldandimda, aldandimda.(2x)

Oydan go’zal yuzlaridan,
Ko’nglin ko’rib bo’lmas ekan.
Kulib turgan ko’zlaridan,
Sirin bilib bo’lmas ekan.
Ammo yomon alam qilar,
Dildan sevging so’nmas ekan.

Sochlaringga boylandimda,
Devonangga aylandimda,
Seni shirin yolg’oningga
Aldandimda, aldandimda.(2x)

Sochlaringga boylandimda…
Aldandimda..

Читать далее Скрыть описание
Еще