Bu go‘zal hayotning
Qiziq damlari ko‘p, damlari ko‘p.
Inson boshida har xil
G‘amlari ko‘p, g‘amlari ko‘p.
Tangrim, men tanlagan yo‘limdan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O‘zing guvohsan, yonimda do‘stimdan ko‘ra
Dushmanlarim ko‘p, dushmanlarim ko‘p.
Iztiroblar boshda yomg‘ir bo‘lganda,
Pardek yengil gap ham og‘ir bo‘lganda.
Mevani daraxtdan uzolmas qo‘llarim,
Soyam o‘zimga begona bo‘lganda. (x2)
Atrofimga to‘lib ketsa yolg‘onchilar,
Sinishimni poylab yurgan poyloqchilar.
Oshimni yeb to‘yib, tovog‘imga tupurib,
Uyalmasdan deydi: zotimiz falonchilar. (x2)
Bandam degil yo Rab, yo‘limdan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O‘zing kechirgil, bo‘ynimda savobdan ko‘ra
Gunohlarim ko‘p, gunohlarim ko‘p.
Bizdan oldin ham, hozir ham, keyin ham,
Bunday xatolarni ko‘rgandir olam.
Behuda yashashdan tiyaylik o‘zni,
Odam bo‘lib keldik, bolaylik odam.
Tangrim, hech bandani yo‘lidan adashtirma,
Yaxshiga yor qil, yomonga yondoshtirma.
O‘zing yaratding, bu besh kunlik dunyo,
Sinovlari ko‘p, sinovlari ko‘p.