Farrux Xamrayev - Otajon

Farrux Xamrayev - Otajon

1183
0
637
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Farrux Xamrayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Farrux Xamrayev - Otajon:

Bugun qo’lga olib qalam,
Yozmoqdaman chekib alam.
Sog’inibman sizni otam,
Sog’inibman sizni otajon.

O’zingizga aytmagandim, Ko’zingizga boqmagandim,
Bag’rimga ham bosmagandim,
Sog’inibman sizni otajon.

Hamma keldi siz kelmadingiz,
Mendan xabar ham olmadingiz,
Og’lingizni kechirmadingiz,
So’g’inibman sizni otajon!

Faqat meni ota qarg’amang,
Yomon narsalarni o’ylamang,
Bir kun borsam meni haydamang,
Sog’inibman sizni otajon!

Panjarali sovuq devor,
Ketay endi meni qo’yib yubor,
Bu yerlarda bo’ldimku xor,
Sog’inibman sizni otajon!

O’zim bilmay kirib qoldim,
Aldanganim bilib qoldim,
Bu yerlarda so’lib qoldim,
Sog’inibman sizni otajon!

Faxrlanib yurardingiz,
Bizlarni o’qitardingiz,
Birga furbol ko’rardingiz,
Sog’inibman sizni otajon!

Halol bo’lib yasha derdingiz,
Erkak bo’lib yasha derdingiz,
Bugun mana deb ezildingiz,
Sog’inibman sizni otajon!

Yuragingiz og’rimasin,
Og’risa men chidolmayman.
Qotil bo’lgim kelmayapdi,
Sog’inibman sizni otajon!

Bugun tongda quyosh ko’rdim,
Ko’rib uni xursand bo’ldim.
Salom yo’lladim sizlarga,
Sog’inibman sizni otajon!

Hayotdan ham lekin to’ydim,
Dardlarimni unga o’ydim,
Sizga narda yasab qo’ydim,
Sog’inibman sizni otajon!

Hali chiqsam o’zgaraman,
Poyingizga bosh qo’yaman.
Yana sizdan duo olaman,
Sog’inibman sizni otajon!

Meni so’rab kelganlarga,
Rodnoylarim jigarlarga,
Mehmon qiling, so’kib haydamang,
Sog’inibman sizni otajon!

Onam, singlim, opam sog’mi?!
Ukam sizlar uchun tog’mi?
O’chiraman qora dog’ni,
Sog’inibman sizni otajon!

O’tib ketdi ancha vaqtim,
Qochib ketdi balki baxtim.
Otajon to’ldiring bag’rim ,
Sog’inibman sizni otajon!

Belim og’rib ko’p shamolladim,
Zax yerlarda hech yotolmadim.
Qiynalganimni aytolmadim,
Sog’inibman sizni otajon!

Sog’inibman sizni otajon,
Sog’inibman sizni otajon!

Читать далее Скрыть описание
Еще