Farrux Xamrayev - U ketdi
Farrux Xamrayev - U ketdi

Farrux Xamrayev - U ketdi

1187
7
968
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Farrux Xamrayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Farrux Xamrayev - U ketdi:

Tunlari bedorsan, gohida bemorsan,
Sog’inasan har kun unga sen xumorsan.
Qara kimga zorsan, kimni deb bedorsan?
Senga arzimaydi, lekin unga zorsan!

Yolg’onim ham ko’rding, ko’rib mana bilding,
Nega yana aytgin sen ko’rgani kelding?!
Olmading bir tiyinga, shu kerakmi senga?
Bir qarorga kelib qani aytgin menga…

Bilaman sevarsan, uni sog’inarsan,
Lekin qara unga, unga loyiqmassan!
Yetmaydi qadringga, tosh otib bag’ringga,
Har kuni qo’shadi dardini dardingga.

U ketdi uni qaytarma,
Sog’inganingni bildirma,
Bilsa yana o’zidan ketadi,
Deydi yana «u meni sevadi».

U ketdi unga yalinma,
Ko’zlariga uni ko’rinma,
Bilsin u ham seni qadringni,
His etadi balki dardingni.

Alamlar yutmagin, yo’lini kutmagin,
Sen o’zingni endi yo’qotib qo’ymagin,
Shubhalarga borib, yuragingdan og’rib,
Ketayapsan qara borgan sari qarib.

Hozir u qayerda, kimlarni yonida,
Kimgadir yor bo’lib, yurgandir bag’rida.
Hali topiladi, seni sevar inson,
Unutarsan hali bu kunlarni ishon!

U ketdi, uni qaytarma,
Sog’inganingni bildirma,
Bilsa yana o’zidan ketadi
Deydi yana «u meni sevadi»!
U ketdi, unga yalinma,
Ko’zlariga uni ko’rinma.
Bilsin u ham seni qadringni,
His etadi balki dardingni! (2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще