Onezero - Kimlar deb
Onezero - Kimlar deb
Информация о песне:
Дата выпуска
12.08.2020
Артисты
Onezero
Перейти на страницу артиста
Текст: Onezero - Kimlar deb:

Ha o’tmoqda kun sekin,
O’sha eski yo’llarim,
Seni deb she’r yozmasdi,
Lek yozmoqda qo’llarim.
Sen qilgan sovg’alar ham,
Eslatar faqat seni,
Ko’ngling taskin topdimi,
Yolg’iz qoldirib meni.

O’zim olib borardim,
Sen xohlagan joylarga.
Orzularing aytarding oqayotgan soylarga.
Nima xohlading o’zi?
Nima xohlading o’zi?

Beg’ubor qizaloqdan qolmagan bugun asar,
Seni endi kim buzar, yana boshidan yasar,
Balki ko’zing to’ymagan yoki tekkandur nazar,
Ishon bugun holatingdan qila boshladim xazar.

Bir gulingdan o’n guling ochilib ketgandura,
Biz ochgan sahifalar yopilib ketgandura,
Instagram, telegram ochilib ketgandura,
Yolg’izlikda azobda san uchun yetgandura.

Kimlar deb kimlardan qolib ketding,
Kimlardan qolib maqsadingga yetding,
Ayt jonim, mani jonim.

Kimlar deb kimlardan qolib ketding,
Kimlardan qolib maqsadingga yetding,
Ayt jonim, mani jonim.

Bari tamom, seni endi unutay,
Bari yomon, seni sog’insan netay?
Farqimiz sen qilgansan xiyonat,
Xo’sh gapir, bormi senda diyonat?

Olamning shodligidan yayrab yuribsan bugun,
Sanga sovchilar kelsa onang tugmaydi tugun,
Onang farishta ayol, o’stirgan avaylab,
Sen esa nima qilding, yurolmading avaylab,
Atrofing to’la bola, xohlaganingni tanla,
Bu yo’lingdan adashma, kelajagingni o’yla.

Kimlar deb kimlardan qolib ketding,
Kimlardan qolib maqsadingga yetding,
Ayt jonim, mani jonim.

Kimlar deb kimlardan qolib ketding,
Kimlardan qolib maqsadingga yetding,
Ayt jonim, mani jonim.

Читать далее Скрыть описание
Еще