Dilyorbek To'rayev - Musofir

Dilyorbek To'rayev - Musofir

746
1
257
Информация о песне:
Дата выпуска
02.08.2020
Артисты
Dilyorbek To'rayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Dilyorbek To'rayev - Musofir:

Yoronlar sizlarga aytar so’zim bor,
G’ururim tog’ bo’lsa, menda ta’zim bor,
Dunyoda akam bor, meni o’zim bor,
Musofir o’lkada qorako’zim bor.
Dunyoda akam bor, meni o’zim bor,
Musofir o’lkada qorako’zim bor.

O’zini sen debon, meni sizlagan,
Sargardonlar bo’lib baxtim ko’zlagan,
Hech qachon men demay mudom birlagan,
Musofir yurtlarda qorako’zim bor.
Hech qachon men demay mudom birlagan,
Musofir yurtlarda qorako’zim bor.

Meni har balodan qilgan himoya,
Akam ko’ngli oftob, mehridaryoya,
Boshiga tushmasin g’amlardan soya,
Musofirchilikda qorako’zim bor.
Boshiga tushmasin g’amlardan soya,
Musofirchilikda qorako’zim bor.

Asragin akamni elga kor uchun,
Qo’llari duoda onaizor uchun,
Alloh o’zing asra to’y, yor-yor uchun,
Musofir o’lkada qorako’zim bor.
Alloh o’zing asra to’y, yor-yor uchun,
Musofir o’lkada qorako’zim bor.

Читать далее Скрыть описание
Еще