Dilyorbek To'rayev - Odamlar

Dilyorbek To'rayev - Odamlar

187
0
96

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Dilyorbek To'rayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Dilyorbek To'rayev - Odamlar:

O’g’ilning otaga mehri yo’q qarang,
Akaning ukaga qadri yo’q qarang.
Qornida talashib tushgan jigarlar,
Onasin yo’qlashga vaqti yo’q qarang.

Sizlarga ne bo’ldi odamlar bugun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Sizlarga ne bo’ldi odamlar bugun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Boshingga qo’nganda davlat qush omad,
Atrofingda to’lar soxta do’st-ulfat,
O’likmi, tirikmi deb bir bor yo’qlamas,
Yelkangga ozgina tushganda kulfat.

Nahotki sotarlar do’stni pul uchun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Nahotki sotarlar do’stni pul uchun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Jon qo’shning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar,
Jigaring ozgina yaxshilik qilib,
Salomni minnatdan boshlasa agar.

Sizlarga ne bo’ldi odamlar bugun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Sizlarga ne bo’ldi odamlar bugun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Nahotki sotarlar do’stni pul uchun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?
Nahotki sotarlar do’stni pul uchun?
Orada oqibat yo’qoldi nechun?

Читать далее Скрыть описание
Еще