Shoxrux Ismoilov - Kattakon
Shoxrux Ismoilov - Kattakon

Shoxrux Ismoilov - Kattakon

1627
9
548
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Shoxrux Ismoilov
Перейти на страницу артиста
Текст: Shoxrux Ismoilov - Kattakon:

Kim edim dastavval,
Parcha go’sht edim.
O’z-o’zimdan shunday,
Kunga yetdimmi?
Onamga yosh bola
Emasman dedim.
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi?

Kim edim dastavval,
Bo’sh-bayov tilsiz.
Ular yordamisiz o’zim tutdimmi?
Otamga tergamang debmana essiz,
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi.

Ichdimku onamning oq sutlarini,
Yo ikki yoshgacha zaxar yutdimmi
Unutdim men xudbin bari-barini,
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi.

Kechiring ona, kechiring meni,
Kechiring ota, kechiring.
Yomonim dildan o’chiring endi,
Kechiring meni, kechiring.

Onam yo’lim poylab kutdi har mahal,
Men esa ishim tugashin kutdimmi.
O’z onasi uchun vaqti yo’q rahbar,
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi.

Bir umr maqtagan ko’z-u qoshimni,
Uyalmayin chimirishga o’tdimmi.
Otamga egmadim mag’rur boshimni,
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi.

Ichdimku onamning oq sutlarini,
Yo ikki yoshgacha zaxar yutdimmi
Unutdim men xudbin bari-barini,
Shunchalik kattakon bo’lib ketdimmi.

Kechiring ona, kechiring meni,
Kechiring ota, kechiring.
Yomonim dildan o’chiring endi,
Kechiring meni, kechiring.

Читать далее Скрыть описание
Еще