Shoxrux Ismoilov - Qachon opketasiz
Shoxrux Ismoilov - Qachon opketasiz

Shoxrux Ismoilov - Qachon opketasiz

5116
32
2024
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Shoxrux Ismoilov
Перейти на страницу артиста
Текст: Shoxrux Ismoilov - Qachon opketasiz:

Bolam yaxshi yuribsizmi men yaxshi
Bu yerda ovqatlar issiq non yaxshi
Lekin men uchun o’sha tor ayvon yaxshi
Qachon olib ketasiz meni jon bolam

Faqat bir oy degandiz-ku kundan jim,
Bir yildir-ki xabar olmaydi hech kim,
Farzandingiz nabiramni sog’indim,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Yig’layman yon atrofimga sezdirmay,
Mehrga zor bo’lib qoldim boladay,
Uyinggizni qorovul bo’lib poylay,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam.

Tandirdagi nondan totgim kelyapti,
Ilinib qo’shnimga tutgim kelyapti,
Bir kecha uyimda yotgim kelyapti,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Qancha bo’lsa shuncha kutaman yana,
Ayting qachon diydor qilar tantana?
Kelsangiz gar tayyor turay qay sana,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Qancha bo’lsa shuncha kutaman yana,
Ayting qachon diydor qilar tantana?
Kelsangiz gar tayyor turay qay sana,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Tanamdan harorat yo’qolmasidan,
Ruhim ko’kka tomon yo’l olmasidan,
So’ngi diydor ham armon bo’lmasidan,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Siz yo’q yana bir on qolsam o’laman,
Hazon guldek sarg’ayaman, so’laman,
So’z beraman yaxshi ona bo’laman,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Sizni kuta unutdim bor olamni,
O’zim bilan olib ketaman alamni,
Bugun ruhim tark etmoqda tanamni,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Diydoringgiz ko’ra olmayin dog’daman,
Yolg’izlikda azob-u firoqdaman,
Qo’ni-qo’shni so’rab qolsa shunday deng,
Xordiq olish uchun ketdim, tog’daman.

El ichida obro’yingiz tushmasin,
Har onimda duo bilan alqayman,
Har qanday azobga chidashim mumkin,
Sizni nokas desalar chidolmayman.

Qancha bo’lsa shuncha kutaman yana,
Ayting qachon diydor qilar tantana?
Kelsangiz gar tayyor turay qay sana
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?

Qancha bo’lsa shuncha kutaman yana,
Ayting qachon diydor qilar tantana?
Kelsangiz gar tayyor turay qay sana,
Qachon olib ketasiz meni jon bolam?…

Читать далее Скрыть описание
Еще