Uyda ancha zerrikandim,
Nonga do’konga chiqqandim,
Manam maska taqvogandim,
Maskali qizni ko’rdim.
Ko’rdimu sevib qoldim.
Yoniga yaqin borolmasam,
Qo’llaridan tutolmasam,
Karantinda yurolmasam,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.
Qo’shiq aytsa ovoziman,
Yozsa qalam qog’oziman,
O’n besh kungayam roziman,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.
Rozi bo’lsang zo’r bo’ladi,
O’ttiz kishilik to’y bo’ladi,
Asal oyi uyda bo’ladi,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.
Ey maskasi bor go’zalim,
Tutib qolsa gar yo’talim,
Aksirganimga qarama,
Shoshma vohma qilgani.
Allergiyam bor mani.
Koronavirus yo’qolmadi,
Hech kim dori topolmadi,
Cho’ntakda pul ham qolmadi,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.
Nima jin urdi bilmayman,
Hatto o’zimni tanimayman,
Lablarini ko’rmasdan,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.
Qo’shiq aytsa ovoziman,
Yozsa qalam qog’oziman,
O’n besh kungayam roziman,
Maskali qizni ko’rdim,
Ko’rdimu sevib qoldim.