Salom sizga do’stlarim,
Ko’rsam quvnar ko’zlarim,
Yaxshilardan to’ymangiz,
Shaytonlarni suymangiz,
Xato qilib qo’ymangiz,
Sizlar mening yuzlarim.
Do’stlikning gulzori bor,
Ko’rishar chamani bor,
Gulning ham tikani bor,
Xushyor bo’ling do’stlarim,
Sizlar mening yuzlarim
Sizlar mening o’zlarim.
Do’stlik o’zi bir shisha,
Tegmasin unga tesha,
Mendan qilmang andisha,
Osmon bo’lsa so’zlarim,
Ko’rmay qolsa ko’zlarim,
Sizlar mening ko’zlarim.
Ex do’stlarim, sizlar mening ko’zlarim,
Ayb ish qilsam, darxol tuzatishga harakat qilasiz.
Shirin kunlarimda ham menga yelkadoshsiz,
Hayotning tashvishlaridanda, ozroq siqilgudek bo’lsam,
Ko’nglimni ovlaysiz. Ammo xato qilgudek bo’lsangiz,
Koyib qo’yishga haqqim bor. Nima bo’lganda ham,
Sizlarni yaxshi ko’raman.
Ha azizlar men do’stlarim bilan faxrlanaman!
Shunday tinch, go’zal zamonamizda keling bir-birimizga
qo’l beraylik, do’stlashaylik.