Farrux Xamrayev - Otajon namoz o’qing endi
Farrux Xamrayev - Otajon namoz o’qing endi

Farrux Xamrayev - Otajon namoz o’qing endi

1354
0
739
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Farrux Xamrayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Farrux Xamrayev - Otajon namoz o’qing endi:

Dunyoga berilib ketdingiz,
O’shal orzularga yetdingiz,
Namozni nega unutdingiz?
Otajon namoz o’qing endi.

Boylikni quvib sindingiz,
Do’st-u dushmanni bildingiz,
Joynamozdan doim qochdingiz,
Otajon, namoz o’qing endi.

Bu dunyo o’tkinchi, arzimas,
Ichkilik odamga farz emas,
Savoblar qarzga ham berilmas,
Otajon, namoz o’qing endi.

Yuzlaringiz nurli bo’lar har kun,
Savoblar yozilar tun-u kun,
Turing bomdodga o’ziz uchun,
Otajon, namoz o’qing endi.

Dunyoga berilib ketdingiz,
O’shal orzularga yetdingiz,
Namozni nega unutdingiz?
Otajon namoz o’qing endi.

Asradi Allohim necha bor,
Holingiz bo’lganda ham abgor,
O’g’lingiz so’ziga kiring bir bor,
Otajon namoz o’qing endi.

Alloh rahmlidir, kechirar,
Gunohlariz bo’lsa afv etar,
Amal daftardan ham o’chirar,
Otajon namoz o’qing endi.

Namozga shoshiling otajon,
Bor axir shukr deng tanda jon,
Siz ham bir nima deng, onajon.
Otajon namoz o’qing endi.

Yuzingiz durlardek nurlansin,
Ruhingiz hurlardek shodlansin,
Iymoningiz namozga bog’lansin,
Otajon namoz o’qing endi.

Dunyoga berilib ketdingiz,
O’shal orzularga yetdingiz,
Namozni nega unutdingiz?
Otajon namoz o’qing endi.

Boylikni quvib sindingiz,
Do’st-u dushmanni bildingiz,
Joynamozdan doim qochdingiz,
Otajon, namoz o’qing endi.

Читать далее Скрыть описание
Еще