Dunyoni g’animat debdi kim?
Bu dunyoda g’animat odam.
Goh-gohida yig’lab olar jim,
Otasini sog’ingan otam.
Goh-gohida yig’lab olar jim,
Otasini sog’ingan otam.
Yulduzdan qizg’onar osmonini,
Otadan ayrilish osonmi?
Quchoqlar eski choponini,
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.
Yuragini sog’inchi ezar,
O’sha o’tgan kunlarin eslar.
Yuragini sog’inchi ezar,
O’sha o’tgan kunlarin eslar.
Otasini o’g’lidan izlar.
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.
Tegirmonga tushib yanchilmas,
Sochidagi oqqa achinmas,
Xudodan bu uchun ranjimas,
Otasini sog’ingan otam.
Olib qochar mendan ko’zini,
Suratiga bosib yuzini,
Hofiz qildi mendek o’g’ilni,
Otasini sog’ingan otam.
Otasini sog’ingan otam.