ZafarYor - Bevafo
ZafarYor - Bevafo

ZafarYor - Bevafo

1216
3
315
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
ZafarYor
Перейти на страницу артиста
Текст: ZafarYor - Bevafo:

Bir qiz yig’lar buloq boshida,
Mayus majnuntollar qoshida,
Ko’ngil ohi ko’zin yoshida:
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor.
So’ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo’shilib yig’lar,
Bir so’z dilga sanchadi tig’lar,
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Dildan ko’chib ketsa xayollar,
Yomonga yo’q ekan jazolar,
Yolg’on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Muhabbat yo’q ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g’arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Qo’y yig’lama mening jon singlim,
Men ham sendek bag’ri qon, singlim. Menga ham yo’q mehribon, singlim, Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Muhabbat yo’q ekan dunyoda.

Bir qiz yig’lar buloq boshida,
Mayus majnuntollar qoshida,
Ko’ngil ohi ko’zin yoshida:
Bevafo ko’p ekan dunyoda.
Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Читать далее Скрыть описание
Еще