ZafarYor - Ona
ZafarYor - Ona

ZafarYor - Ona

2955
8
891
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
ZafarYor
Авторы текстов
ZafarYor
Аранжировщики
ZafarYor
Композиторы
ZafarYor
Перейти на страницу артиста
Текст: ZafarYor - Ona:

Nelardandir ko’ngil bo’lib g’ash,
Ham egilib bu egilmas bosh.
Ko’zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh. Mushtipar bir onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.
Mushtipar bir onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Qaytar bo’lsam quruq qo’l ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan.
Ham ayrilib o’lja ulovdan,
Qarzga botar bo’lsam birovdan.
Taskin berib onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.
Taskin berib onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Birda haqdin birda nohaqdin,
Jabr ko’rsam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim qaro bo’lsa tuproqdin.
Ohlar urib onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.
Ohlar urib onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Og’a-ini o’rtasiga gap,
Alhol kelib chiqmish ixtilof.
Biri izzat biri mulktalab,
Bu oq sutim mehrimga xilof.
Deya sho’rlik onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.
Deya sho’rlik onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq mag’lub bo’lsam maydonda.
Nomim qolmas bo’lsa jahonda,
Kim do’st do’shman bilinar onda.
Ahvolimga onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.
Ahvolimga onam yig’laydir,
Qolganlari yolg’on yig’laydir.

Читать далее Скрыть описание
Еще