Farrux Xamrayev - Ko’ngling bo’lmayapti
Farrux Xamrayev - Ko’ngling bo’lmayapti

Farrux Xamrayev - Ko’ngling bo’lmayapti

342
2
216

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Farrux Xamrayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Farrux Xamrayev - Ko’ngling bo’lmayapti:

Ko’ngling qanday olay deb,
Har kuni ovoraman.
Bir shirin so’zing uchun,
Qanchalar yolvoraman.
U desam yoqmayapti,
Bu desam yoqmayapti,
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Yonimga chiqasan deb,
Yo’llaringni kutaman.
Qaraging ham kelmaydi,
Dardim ichga yutaman.
Bu sevgi maydonida,
Qachon men ham yutaman?
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Yomonlik qilmasam-da,
So’zlaring buncha zahar?
Xatlarimga javob ber,
Iltimos bergin xabar.
Sen ham insonsan axir,
Go’zalsanda naqadar,
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Boyligim — ota-onam,
Va go’zaldir yuragim.
Qo’limda hunarim bor,
Senga ham bor keragim.
Ko’zlaringni katta och,
Yuragim emas yog’och,
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Nima qilsan eriydi,
Seni muzdek yuraging?
Qo’limdan kelsa bajo,
Keltiray man tilaging.
Bir bora uchrashib ko’r,
Meni ham eshitib ko’r,
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Tushlarimga kirasan,
Va meni erkalaysan.
Birdaniga o’zgarib,
So’ng meni siltalaysan.
Har kunim shunday o’tar,
Tunlari uxlatmaysan,
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti?

Jonimdan ortiq sevib,
Asrashim yoqmadimi?
Yoki kiygan kiyimim,
Senga ayt yoqmadimi?
Hammasi o’tkinchi-ku!
Aqlingga yetmadimi?
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Otang ham oddiy odam,
Lekin onang g’ururli,
Go’zallikda tengi yo’q,
Qo’llari to’la durli.
Menga beringlar imkon,
Yuzlarim qilay nurli.
Nega aytgin seni,
Menda ko’ngling bo’lmayapti.

Читать далее Скрыть описание
Еще