Farrux Xamrayev - Hoji onam
Farrux Xamrayev - Hoji onam

Farrux Xamrayev - Hoji onam

1313
3
687
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Farrux Xamrayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Farrux Xamrayev - Hoji onam:

Keng hovlida yolg’izlikda yig’ladingiz,
Dardingizni hech kimsaga aytmadingiz,
Mehmat qilib bizlar uchun tinmadingiz,
Mening onam, hoji onam.

Bo’ldi endi o’zingizni biroz ayang,
Otam bilan shod kunlarni bizga sanang,
Tushlarizga Rasululloh kirdi qarang,
Mening onam, hoji onam.

Besh farzandni ulg’aytirib katta qildiz,
Shukur qilib onam qotgan nonlar yediz,
Hatto ulug’ Makkaga ham borib keldiz,
Mening onam, hoji onam.

Yomon kundan tuhmatdanam yomoni yo’q,
Bedor tunda g’iybatdanam yomoni yo’q,
Onam uchun kechirishdan osoni yo’q,
Mening onam, hoji onam.

Har tarafdan panoh bo’lar duolariz,
Boshim egib o’pay doim oyoqlariz,
Tarixga teng bizga bergan saboqlariz,
Mening onam hoji onam.

Qizlarxonni ko’z qorachig’idek asradinggiz,
To’rt o’g’lingiz bir-biridan kam qilmadingiz,
Hayot qiynab tashlasa ham sinmadingiz,
Mening onam, hoji onam.

Yorug’ kunlar keldi onam qarang darrov,
Olloh sevgan bandasiga berar sinov,
Qo’l cho’zdimi qiyin kunda ayting birov,
Mening onam, hoji onam.

Sabr qilib chidagansiz tosh ustida,
Jabr ko’rib yashagansiz yosh ostida,
Endi sizni ko’taramiz bosh ustiga,
Mening onam, hoji onam.

Onajonim jannat suvidek muazzamsiz,
Sajdagohim kabi toshidek muazzamsiz,
Go’zal onamiz Hadichadek muazzamsiz,
Mening onam, hoji onam
Mening onam, hoji onam

Читать далее Скрыть описание
Еще