Xolyor Madiyev - Onam bor
Xolyor Madiyev - Onam bor

Xolyor Madiyev - Onam bor

1064
3
508
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Xolyor Madiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Xolyor Madiyev - Onam bor:

Yorim senga bo’lgan sevgim tamom desam,
Do’stim qo’lin siltab bo’lgin omon desam,
Butun olam birdey meni yomon desam,
Ranjimayman baxtimga bir odam bor,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.

Yuzimga loy, ortimda loy sochganlar ko’p,
O’zni yaxshi, meni yomon deganlar ko’p,
Rost gap ekan do’stdan ko’ra dushmanlar ko’p,
Ranjimayman baxtimga bir odam bor,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.

Onam, onam, onam, onam,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.
Onam, onam, onam, onam,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.

To’ylaringda elakda suv tashiman deb,
Kerak bo’lsa qo’llaringdan tosh yeyman deb,
Ishi tushsa jigaringdan yaqinman deb,
Ishi bitsa salom bermay qo’yganlar bor,
Kamida ortimdan yomon deganlar bor.

She’rlarimni yoqtirmagan yirtsin mayli,
Omad ketib yaqinlarim ketsin mayli,
Butun dunyo meni yomon desin mayli,
Dardimni qog’ozga aytar qalam bor,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.

Onam, onam, onam, onam,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.
Onam, onam, onam, onam,
Men yomonni yaxshi degan onam bor.

Читать далее Скрыть описание
Еще