Xolyor Madiyev - Aytinglar
Xolyor Madiyev - Aytinglar
Видео:

Xolyor Madiyev - Aytinglar

9040
25
1755
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Xolyor Madiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Xolyor Madiyev - Aytinglar:

Adashdi bag’rim meni,
Meningda aybim meni,
Ming bo’lak etdim seni,
Kechirolsang kechirgin.

Sen kabi istak edim,
Sovuq bir yurak edim,
Ko’ngil haqqi pand yedim,
Kechirolsang kechirgin.

Sen gul loladan qochdim,
Ne tikanga dil ochdim,
O’zni hammaga sochdim,
Sendan bo’lak kechirgin.

Menga dil bergin dedim,
Erkimni deb pand yedim,
Tan olaman ko’r edim,
Kechirolsang kechirgin.

Aytinglar, aytinglar,
O’shal yorga aytinglar.
Sevgiling adashgan,
Kechirgin deb aytinglar.

Aytinglar, aytinglar,
Yorga holim aytinglar.
Bag’ri zor tilingan,
Kechirgin deb aytinglar.

Azobdaman xulqimdan,
Nafratdaman turqimdan,
Hech bo’lmasa yo’limdan
Kechirdim deb o’tgin yor.

O’rgamchak to’ridaman,
Qalandar holidaman,
Mendan o’tdi bilaman,
Sen mendan o’tmagin yor.

Har otilgan tosh uchun,
Har ag’yora qosh uchun,
Har tomchi ko’z yosh uchun,
Sevgim meni kechirgin.

Nishdan o’tkir so’yladim,
Ishq yolg’on deb kuyladim,
Sevgi yo’q deb o’yladim,
Kechirolsang kechirgin.

Aytinglar, aytinglar,
O’shal yorga aytinglar.
Sevgiling adashgan,
Kechirgin deb aytinglar.

Aytinglar, aytinglar,
Yorga holim aytinglar.
Bag’ri zor tilingan,
Kechirgin deb aytinglar.

Aytinglar, aytinglar,
O’shal yorga aytinglar.
Sevgiling adashgan,
Kechirgin deb aytinglar.

Aytinglar, aytinglar,
Yorga holim aytinglar.
Bag’ri zor tilingan,
Kechirgin deb aytinglar.

Читать далее Скрыть описание
Еще