Necha-necha jafolar chekdim sen uchun,
Bir qiyo ham boqmading yorim ne uchun,
Sovuq-sovuq shamollar tildi tanamni,
Azoblaring ko’p nega jonim ne uchun.
Unutmoqni istadim kezdim dunyolar,
Lekin sensiz hayotimda yo’qdir ma’nolar,
Necha-necha jafolar chekdim sen uchun,
Bir qiyo ham boqmading yorim ne uchun,
Qandoq qilay axir sensiz yashay olmasam,
Nigohingni o’zga yordan topa olmasam,
Necha-necha jafolar chekdim sen uchun,
Bir qiyo ham boqmading yorim ne uchun.