Yalang oyoq yurgan ko’cham,
Do’stlar bilan to’lgan ko’cham,
Ilk bo’sadan mast bo’lgan kecham,
Yurak yutib aytolmasman,
Quchog’iga qaytolmasman,
O’sha qizni unutolmasman.
Bolalik ham bir tush ekan,
Uchib ketar bir qush ekan,
Qolgan umring g’irt tashvish ekan,
Yurak yutib aytolmasman,
Quchog’iga qaytolmasman,
O’sha qizni unutolmasman.
Yoshim qirqqa yetdi mana,
Bolalik ham ketdi ana,
Qo’shni qizni kuyladim yana,
Yurak yutib aytolmasman,
Quchog’iga qaytolmasman,
O’sha qizni unutolmasman.
U qizchaning husni qamar,
Taralardi mushki anbar,
O’g’lining ismi ekan Anvar
Yurak yutib aytolmasman,
Quchog’iga qaytolmasman,
O’sha qizni unutolmasman.