Anvar G'aniyev - Menikisiz
Anvar G'aniyev - Menikisiz

Anvar G'aniyev - Menikisiz

795
0
349
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Menikisiz:

Sovuq qishning shiviri yolg’on,
Oppoq qorning xovuri yolg’on,
Tushlarimning tabiri yolg’on,
Menikisiz siz menikisiz.

Mendan o’tgan alamlar yolg’on,
Meni yutgan sitamlar yolg’on,
Sizsiz kelgan ko’klamlar yolg’on,
Menikisiz siz menikisiz.

Yolg’izlikni kiyganim yolg’on,
Kimlarnidir suyganim yolg’on,
Sizni demay qo’yganim yolg’on,
Menikisiz siz menikisiz.

G’amning uzun bo’ylari yolg’on,
Kemtik dilning o’ylari yolg’on,
Ayriliqning kuylari yolg’on,
Menikisiz siz menikisiz.

Termulaman sizga yana men,
Firoqlardan tamom tonaman,
Bugun olov bo’lib yonaman,
Menikisiz siz menikisiz.

Читать далее Скрыть описание
Еще