Ketar yorim oq libosda,
Yolg’on yig’lab boshin egib,
Biz g’aribga parvo qilmay
Ko’ngli to’ldi boyga tegib.
Ostonasi bo’ldi tillo
O’zi orzu qilgandayin,
Ketar chog’i qarab qo’ydi,
Ustimizdan kulgandayin.
Bo’ldi mening yuzim qaro,
Ko’cha ko’yda yurolmayman.
Qandoq qilay, biz lahza ham
Uni ko’rmay turolmayman.
Ketar yorim oq libosda,
Yolg’on yig’lab boshin egib,
Biz g’aribga parvo qilmay
Ko’ngli to’ldi boyga tegib.
Yor ko’nglining darvozasi
Yopildimi endi menga,
Jahonimni bag’ishlayman
Ayting do’stlar endi kimga?
Yorim yolg’on yig’ladi lek,
Chetda chindan yig’lab qoldim.
Mahrum bo’lib o’z baxtimdan,
Unga baxtlar tilab qoldim.
Ostonasi bo’ldi tillo
O’zi orzu qilgandayin,
Ketar chog’i qarab qo’ydi,
Ustimizdan kulgandayin.
Bo’ldi mening yuzim qaro,
Ko’cha ko’yda yurolmayman.
Qandoq qilay, biz lahza ham
Uni ko’rmay turolmayman.