Anvar G'aniyev - Iltijo

Anvar G'aniyev - Iltijo

4049
12
1646
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Iltijo:

Zar to’la sandiq ham, bo’shaydi bir kun,
Qasrlar g’aribga o’xshaydi bir kun,
Farzandla kulba ham yashnaydi bir kun,
Chirog’i o’chmagan eshik ber hayot,
Ayol quchog’iga beshik ber hayot.

Muxabbat g’unchasin xazon aylama,
Shirin orzularin armon aylama,
Yorni yor qoshida sarson aylama,
Jondan ortiq sevar oshiq ber hayot,
Ayol quchog’iga beshik ber hayot.

Kimnidir o’ylatmas farzand uvoli,
Besh kunlik dunyoni ayshu hayoli,
Yorni yor etguvchi jufti haloli,
Mardlarga munosib mashuq ber hayot,
Ayol quchog’iga beshik ber hayot.

Bolali uy bozor, bolasiz mozor,
Tirnoqqa zor dilga bermangiz ozor,
Mirzoda bir tilak ey parvardigor,
Alladay jonfizo qo’shiq ber hayot,
Ayol quchog’iga beshik ber hayot.

Читать далее Скрыть описание
Еще